Zamonaviy ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilmoqda

✅Ta’lim sohasini rivojlantirish va bolajonlarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan 7-maktabgacha ta‘lim tashkilotining 180 o‘rinli yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 

◀️Shu bilan birga Namangan viloyati, Chust tumanidagi 38-maktabda zamonaviy sportzali hamda Kosonsoydagi 8-maktabda yangi barpo etilgan sun’iy qoplamali, usti yopiq, 24×40 o‘lchamdagi mini-futbol maydonining foydalanishga topshirilishi o‘quvchilarga chinakam  tuhfa bo‘ldi.

😄Mazkur sport inshooti hamda ta‘lim muassasasi yoshlarning puxta bilim olishi va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishida muhim o‘rin tutadi.