Bugun bir guruh yoshlar Prezidentimizning tegishli Qaror va Farmonlari bilan mukofotlandi. Ular orasida talaba va oʻquvchilarimizning borligi quvonarli.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan:
Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li — “Yangi O‘zbekiston” universitetining 1-bosqich talabasi;
Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li
— Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi,
Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li
— Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi,
“Kelajak bunyodkori” medali bilan:
Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi
— Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi taqdirlandi.
Barchangizni ushbu yuksak mukofotlar bilan tabriklayman! Ilm olishdan charchamang, sizlar bizning faxrimizsiz!