+998 71 202 09 09 milliytarbiya@uzedu.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Britaniya Kengashi hamkorligida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan xalqaro trening

21 August 2025 Admin 4581 ko'rildi
Britaniya Kengashi hamkorligida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan xalqaro trening

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Britaniya Kengashi hamkorligida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan xalqaro trening tashkil etildi. 

Tadbirning ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etib, trening ishida muvaffaqiyat tiladi. 

➖ Ma'lumot o‘rnida: Buyuk Britaniyaning Norwich Institute for Language Education mutaxassislari xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashmoqda. 

📊 Treningda O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va 12 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 41 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda. 

Ular PRESETT dasturini xalqaro mezonlarga moslashtirish, o‘quv dasturi xaritasini ishlab chiqish hamda refleksiya tamoyillarini ta’lim jarayoniga singdirish bo‘yicha muhokamalar olib bormoqda.

🔰 Trening jarayonlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo'lib o‘tmoqda va 3 kun davom etadi. 

Ulashish: