Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Fargʻona viloyatida "Barkamol avlod bolalari” festivalining ikkinchi mavsumi boʻlib oʻtdi.
✅ Undan asosiy maqsad, toʻgaraklarda oʻquvchilar qamrovini oshirish, yoshlar oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirish, toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.
👉 Mazkur festival:
➖“Madaniyat va sanʼat” (tasviriy sanʼat va libos);
➖“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” (robototexnika va konstruktorlik);
➖“Jismoniy tarbiya va sport” (shaxmat-shashka);
➖“Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” (munchoqli bezak);
➖“Turizm va ekologiya” (karving);
➖“Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” (myental arifmetika);
➖“Xorijiy tillar” (ingliz tili) yoʻnalishlarida tashkil etildi.
👉 Festival soʻnggida gʻolib va faol ishtirokchilarga maxsus Diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.