+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Jadidlar falsafasi va ma’rifati – ilmiy anjumanda

14 March 2025 Admin 15 ko'rildi
Jadidlar falsafasi va ma’rifati – ilmiy anjumanda

Buxoro davlat pedagogika institutida “Turkiston taraqqiyparvarlari merosi: tarixiy tajriba va milliy o‘zlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar hamda yosh izlanuvchilar ishtirok etib, jadidchilik harakati, uning falsafasi va ma’naviy merosi bo‘yicha fikr almashdilar.

Konferensiya davomida jadidlar ma’naviy merosi, Turkiston taraqqiyparvarlarining ta’lim va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi atroflicha muhokama qilindi. Olimlar tomonidan ilmiy ma’ruzalar o‘qilib, tadbir doirasida jadidlar hayotiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Shuningdek, yosh olimlar va talabalar uchun ilmiy materiallar taqdim qilindi.

📌 Konferensiya yakunida ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, muhokamalar natijasida anjuman ishtirokchilari uchun ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirildi.
https://youtu.be/FsVgtV8CbCA

Ulashish: