+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Kecha prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

01 July 2025 Admin 14 ko'rildi
Kecha prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

 

“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.

 

Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azmu shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.

 

Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investisiya kiritmoqda?

 

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”,  - dedi Prezidentimiz.

Ulashish: