Maktab oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yoshlarimiz orasida katta qiziqishlarga sabab boʻlmoqda.
Tanlovlarning respublika bosqichlari joriy yil 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida o’tkaziladi.
17-iyun kuni Registon maydonida ochilish marosimi.
18-iyun kuni “Hamid Olimjon” nomidagi musiqali drama teatrida “Turon maktab teatri” tanlovining respublika bosqichi.
19-iyun kuni “Nurafshon” sanʼat saroyida “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining respublika bosqichi hamda taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida oʻtkazilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Tanlovlar g’oliblari xorijiy davlatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar maxsus sovgʻa (interaktiv doska)lar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.
Respublika bosqichiga yoʻl olgan barcha ishtirokchilarga omad tilayman! Koʻhna Samarqandda uchrashguncha!