Surxondaryo viloyati, Denov tumani, 33-maktab psixologi Shahnoza Normo‘minova — oddiy psixolog emas, u bolalarning yuragini eshitadigan, ularga ishonch va ilhom bag‘ishlaydigan inson. Ertalab o‘quvchilar maktabga kirishi bilan ularning kayfiyatini, ruhiy holatini kuzatadi, kerak bo‘lsa suhbatlashadi, kuldiradi, yo‘naltiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga alohida e’tibor, ota-onalarga maslahat, kasb tanlashda esa aniq yo‘nalish — bularning barchasi uning kundalik ishlaridan. Shahnoza opaning xonasi — maktabdagi “ruhiy dam olish maskani”. U yerda har bir o‘quvchi o‘zini eshitilgan va qadrlangan his qiladi.
https://t.me/surxonvmmtb/36972