+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining yoshlar uchun tabrigi

30 June 2025 Admin 1569 ko'rildi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining yoshlar uchun tabrigi

Qadrli yoshlar! 

Sizlarni bugungi unutilmas bayram — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan katta islohotlar markazida aynan siz yoshlar turganingiz hamda Yangi O‘zbekistonning ertasi, farovon kelajagi siz aziz yoshlar ekanligingiz barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi, albatta. 

Faxr bilan aytishim lozim, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar – yangi yondashuvlar, raqamlashtirish, zamonaviy metodikalarni amaliyotga joriy etishda ham fidoyi va bilimli yoshlarimizning o’rni beqiyos. 

Aziz yoshlar!

Bugun biz katta maqsadlar sari olg‘a intilayotgan ekanmiz, shubhasiz, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, intellektual salohiyatingiz va fidoyiligingiz bizning eng katta suyanchimizdir.

Sizlarga doimo ishonamiz, sizlarning yuksak marralarni egallashingiz uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlashda har doim yoningizdamiz.

Bayram yana bir bor muborak bo‘lsin, sizlarga sog‘lik-salomatlik, ezgu niyatlaringiz ijobati va muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lishini tilab qolaman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Ulashish: