+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori tayinlandi.

27 June 2025 Admin 1606 ko'rildi
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori  tayinlandi.

 

✅ Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.  

2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Ulashish: