+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Milliy institutimiz bilan faxrlanaman!

07 April 2025 Admin 10 ko'rildi
Milliy institutimiz bilan faxrlanaman!

📰 Tayanch doktorantimiz Marifat gazetasida chiqdi!

Institutimiz tayanch doktoranti "Milliy institutimiz bilan faxrlanaman" nomli maqolasi bilan Marifat gazetasida munosib tarzda ishtirok etdi.

Ushbu maqolada zamonamizning dolzarb masalalaridan biri — mental salomatlik muammolari, an’anaviy qadriyatlar va zamonaviy fikr o‘rtasidagi ziddiyatlar, hamda tarbiya jarayonini yangilash zarurati chuqur yoritib berilgan.

📌 Muallif bu borada institutimizda olib borilayotgan izlanishlar, tashabbuslar va amaliy ishlar haqida fikr yuritib, bugungi o‘zgaruvchan davrda milliy qadriyatlar va zamonaviy yondashuvlar uyg‘unligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarimizni keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilgan.

🎓 Institutimiz o‘zining ilmiy salohiyati, yangicha fikrlovchi izlanuvchan yoshlari bilan faxrlanadi. Bunday muvaffaqiyatlar bizni yanada ilhomlantiradi!

Ulashish: