+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

24 March 2025 Admin 15 ko'rildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi; 

➖ I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
https://t.me/uzedu/33440

Ulashish: