+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga tashrifi chogʻida Iykota mahallasida davlat byudjeti hisobidan qurilgan 358-umumtaʼlim maktabini koʻzdan kechirdi.

21 March 2025 Admin 8 ko'rildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga tashrifi chogʻida Iykota mahallasida davlat byudjeti hisobidan qurilgan 358-umumtaʼlim maktabini koʻzdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga tashrifi chogʻida Iykota mahallasida davlat byudjeti hisobidan qurilgan 358-umumtaʼlim maktabini koʻzdan kechirdi. (https://president.uz/uz/lists/view/7959)

 Qariyb ming oʻrinli maktab fan xonalari, kompyuter va xorijiy til xonalari, robototexnika toʻgaragi, laboratoriya zarur oʻquv jihozlari bilan taʼminlangan. Kutubxona, sport zali, futbol maydoni va oshxonada bolalar uchun keng qulayliklar yaratilgan.

Pedagoglar bilan muloqot chogʻida bolalarning qobiliyatini toʻgʻri shakllantirish, kasbiy taʼlimni rivojlantirib, bitiruvchilarni kasb-hunarli qilib hayotga yoʻllash muhimligi taʼkidlandi. Xususan, axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yoʻnalishlarni kengaytirish, oʻsmirlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish vazifalari koʻrsatib oʻtildi.  

Mahalladagi yangi uylarning birinchi qavatlarida ikkita xususiy bogʻcha tashkil etilgan. Ular Navroʻz arafasida ochilgani ota-onalar uchun bayramona tuhfa boʻldi.

Ulashish: