Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov boshchiligidagi institut jamoasi 2025-yil 19-aprel kuni Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
🔸 Suhbat davomida akademik oʻzining uzoq pedagogik faoliyatida duch kelgan qiyinchiliklar va ulardan olgan saboqlari, taʼlim tizimida hozirgi yoshlarimizga yaratilgan shart-sharoitlar va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida tavsiyalar berib oʻtdi.