+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Qurbon hayiti muborak aziz jamoa!

07 June 2025 Admin 1560 ko'rildi
Qurbon hayiti muborak aziz jamoa!

Qurbon hayiti arafasida bir-birimizga mehr ulashamiz, ginalarni unutamiz, ezgu niyatlar bilan dasturxon yozamiz, yurtimizga yaxshilik va tinchlik so’rab duo qilamiz – bu ota-ona, ustozlarimiz tarbiyasi. Bu tarbiya nasihatlar yoki majburiyat bilan emas, shaxsiy namuna orqali bizning ruhiyatimizga singib borgan. Ha, ta’lim va tarbiya uzluksiz jarayon. Inson umri davomida nimanidir oʻrganib yashaydi. 

Sizga bayram bahona aytar soʻzimiz, tilagimiz: farzandlar va oʻquvchilarimizga yaxshiliklar, ezgu amallarimiz bilan oʻrnak boʻlaylik.

Qurbon hayiti yana bir bor muborak, aziz jamoa, hurmatli yurtdoshlarim! Mehrim, iliq tilaklarim va hurmatimni hayitlik sifatida qabul qiling!

@hilola_umarova

Ulashish: