Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti "Milliy tarbiya, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik ta'limotlari" ilmiy tadqiqot bo‘limi katta ilmiy xodimlari Nasiba Masharipova va Nazirjon Rustamovlar Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 97-sonli tayanch "Tarbiya maktabida" o‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajasi, urf-odat va hududiy an'analardan xabardorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazmoqda.