+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

05 March 2025 Admin 8 ko'rildi
Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

 Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab bir qancha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetdi. Xususan:

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida yangi 36-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qad rostladi.

120 o‘rinli zamonaviy bog‘chada oshxona, musiqa zali, bolalar o‘yin maydoni, mashg‘ulotlar uchun tashqi ayvonlar va boshqa zarur barcha sharoitlar mavjud.

Bahorning ilk kuni Toshkent viloyati, Piskent tumanidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi pedagoglari va tarbiyalanuvchi bolajonlari uchun quvonchli kun bo‘ldi.

280 o‘rinli bog‘cha 360 o‘ringa moslab rekonstruksiya qilindi va foydalanishga topshirildi.

 Bundan tashqari, Yaponiya bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 17- hamda 19-maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.

Sirdaryo viloyati,  Guliston tumanidagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 150 o‘rinli yangi bino qurilib, unda ta'lim jarayonlariga start berildi. 

Ulashish: