+998 71 123-45-67 info@milliytarbiya.uz
Qidiruv Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Yangiliklar

Zominda MTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasida VI-velomarafon o‘tkazildi

30 May 2025 Admin 9 ko'rildi
Zominda MTT tarbiyalanuvchilari o‘rtasida VI-velomarafon o‘tkazildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Velosport Federatsiyasi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Jizzax viloyati, Zomin tumanida velomarafon bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirning ochilish marosimida vazirning birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov ham qatnashib, ishtirokchilarga omad tiladi. 

➖ Unda 100 nafar tarbiyalanuvchilar belgilangan maydonda 300 metr masofada begovellarda harakatlandilar. 

Tadbir Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida YXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi. 

❗️ Marafon yakunida barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Ulashish: