TARBIYA VA ZAMON

Millliy tarbiya elektron platformasi

logo
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

maktabdan tashqari ta’limga bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;

o‘qituvchi kasbining maqomi va obro‘sini ko‘tarish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;

o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yo‘naltirishning samarali uslublarini, o‘quvchilarning o‘quv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda o‘qitish va tarbiyalashni joriy qilish;

umumta’lim muassasalarida chet tilini o‘qitishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;

nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;

pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish;

«Mehribonlik» uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish;

umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;

umumta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasb-hunar ta’limini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning bino va inshootlaridan foydalanish bo‘yicha ishlar monitoringini olib borish va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish.