
AYOL - NOZIK XILQAT, U CHINAKKAM MO'JIZA - "Ayol bu dunyoning davomchisi".
Ayol bu – ona, ayol bu – opa, ayol bu – singil, ayol bu – sevikli dildor! Ayol bu dunyoning davomchisidir! Dunyo yaralib shuncha zamonlar o‘tdiki, biz xali ham bu buyuk zotni to‘lig‘icha tasvirlay olmaymiz, tasvirlab berolmaymiz. Sababiki, uning bardoshiga tog‘lar tiz cho‘kkan, sabridan gullar unmoqda. Bu mo‘jiza deb o‘ylab qoldingizmi? Ha, mendan mo‘jiza nima deb so‘rashsalar, bu onalarimiz deb javob berardim.. .
Shunday o‘ylar xayolimizda mavjlanar ekan, gohi bir savolning javobini izlab qolaman: Bazi ayollar buning qadriga chin ma’noda yeta olyaptimi?