BUXORODA OTA-ONALAR BILAN OCHIQ MULOQOT O’TKAZILDI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Buxoro viloyatida ota-onalarning farzand ta’lim-tarbiyasidagi rolini yanada oshirish yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

 🔰 Unda vazir o'rinbosari Farhod Boqiyev, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, mas'ullar va ota-onalar ishtirok etishdi.

 Tadbirning ilk manzili Buxoro shahridagi 35-maktab bo'ldi.  Muloqotda maktab hududidagi ichki qonun qoidalarga rioya qilish, o'quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash kabi mavzularda so‘z bordi.

 Shundan so'ng, olis Qorako'l tumanidagi 5-maktabda ochiq muloqotga start berilib, unda 500 nafarga yaqin ota-onalar ishtirok etishdi.

  Ishtirokchilar tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan barafsil javob olishdi.

 Shuningdek,  Milliy gvardiya bilan birgalikda umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan majlis ham bo‘lib o‘tdi.

 Unda viloyatdagi mavjud 546 ta maktab direktorlari va inspektor-psixologlar ishtirok etdi.

https://t.me/uzedu/32809