IKKI OLIYGOH O‘RTASIDA ALMASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI.

Shu kunlarda qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri, nafaqat Rossiya, balki dunyo miqyosida ham mashhur bo‘lgan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) tashkil etilganining 270 yilligi keng nishonlanmoqda.

Rossiya davlatida o‘tkazilayotgan nufuzli tadbirda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, akademik Viktor Anatolevich Sadovnichiy hamda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, akademik Xolboy Ibragimovich Ibraimovlar tomonidan ikki oliygoh o‘rtasida Tarixiy hujjat – o‘zaro almashuv memorandumi imzolandi.

https://t.me/Uzpfiti_uz/860 

Ushbu memorandum ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida tuzilgan bo‘lib, olimlar, ma’muriy xodimlar, aspirantlar va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Unda:

o‘zaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

olimlar va o‘qituvchilarning ilmiy malakasini oshirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish;

o‘qitishning ilg‘or uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish;

yetakchi tadqiqotlar bo‘yicha nashrlar va materiallar bilan almashish;

ikki tomonlama va ko‘p tomonlama simpoziumlar, seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish;

qo‘shma ilmiy loyiha va dasturlarni amalga oshirish vazifalari belgilab olindi.