
ISROF_VA_ME'YOR...
ISROF NIMA O‘ZI?
“Isrof” arabcha “sarafa”, ya’ni “ishlatmoq”, “sarf qilmoq” o‘zagidan yasalgan. U “hisobsiz tarzda ishlatish”, “haddan oshish” ma’nolarini anglatadi. Isrofga yo‘l qo‘ygan odam berilgan ne’matlarni o‘rnida sarflamagan yoki ehtiyojdan tashqari ishlatgan bo‘ladi. Xo‘sh, biz ne’matlarni istifoda etishda isrofga yo‘l qo‘ymayapmizmi?
ISROFNING BIZDAGI TURLARI
To‘yxonaga kirib kelgan kelin-kuyov boshidan shu qadar ko‘p pul sochildiki, bunaqasini dunyoning boydan-boy davlati Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham hech kim ko‘rmagan bo‘lsa kerak.
Xo‘sh, pul sochganlar bu bilan nimani isbotlamoqchi bo‘lishdi? Nima, bu pul sochish kelin-kuyovning kelajagini ta’minlab beradimi?
Pul sochganlar buning o‘rniga muhtojlarga himmat ko‘rsatib, ularning og‘irini yengil qilganida edi… Bir qo‘lning berganini ikkinchi qo‘l bilmasa edi…
TO‘Y-HASHAM VA ISROF
To‘y-hashamlarimiz jamiyatda nosog‘lom musobaqaga aylanib ketyapti. Dabdabali to‘y-hashamlar bunga qurbi yetmaydigan or-nomusli kishilarni ruhan og‘ir ahvolga solib qo‘yyapti.
ISROF QILMASLIK UCHUN HAM ILM KERAK!
Odamzod hamma narsani tejab-tergab ishlatishga majbur. Bu esa har bir qadamni o‘ylab bosishga, hech narsani isrof qilmaslikka, buning uchun har qanday masalani ilman puxta-pishiq holda bajarishga undaydi.
MAS’ULIYAT
Agar O‘zbekistonimiz taraqqiy topishi, bu zaminda hayot abadiy davom etishi, ya’ni bizdan keyin ham abadul-abad bu muqaddas zaminda avlodlarimizning emin-erkin yashashini istasak, bugun hech bir ne’matni isrof qilmaslik, ulardan tejab-tergab, oqilona foydalanishni odat tusiga kiritishimiz zarur va shart. Xullas, isrof – bu dunyoda ham, u dunyoda ham jazosi tayin bo‘lgan bir jinoyat.