
MUNOSABAT...! IJTIMOIY TARMOQLARDA AYOLLAR.
Ayollarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ortib bormoqda
Ayollar erkaklarga qaraganda ijtimoiy tarmoqlarda koʻproq vaqt oʻtkazadi.
GWI maʼlumotlariga koʻra, 16 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan ayollar hozirda ijtimoiy platformalardan foydalanishda kuniga oʻrtacha 3 soatga yaqin vaqt sarflaydi. Agar mazkur koʻrsatgich ikki yil avvalgisi bilan solishtirilsa, bu yoshdagi ayollarning ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgan vaqti 12 minutga qisqarganini koʻrish mumkin.
Xuddi shu yoshdagi erkaklar ham hozirgi kunga kelib soʻnggi ikki yil oldingi sotsial tarmoqdagi faolligini 12 daqiqaga qisqartirgan. Biroq shunday boʻlsa-da, erkaklar va ayollarning bu jarayondagi 25 minutlik tafovuti oʻzgarmagan.