MA’NAVIY MUHIT BARQARORLIGI - MUHIM VAZIFA!

Bugun Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev  Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar ishtirokida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman (shahar)lardan umumta’lim maktab direktorlari, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab psixologlari hamda inspektor psixologlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etilib, kelgusi vazifalar belgilab berildi.