XALQARO HAMKORLIK: QOZON FEDERAL UNIVERSITETI QOSHIDAGI PSIXOLOGIYA VA TA'LIM INSTITUTI VA QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutiga 2025-yil 4-mart kuni Qozon Federal universiteti qoshidagi Psixologiya va ta’lim instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor Kamiullin Aydar Minimansurovich boshchiligida professor-oʻqituvchilar tashrif buyurishdi.

 Unda institut olimlari, tayanch doktorantlardan tashqari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tinglovchilari ham ishtirok etishdi.

Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov mehmonlarni tanishtirib, ushbu taʼlim muassasasi Rossiyadagi yetakchi institutlardan biri ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda ilmiy-tadqiqotchilar va yosh olimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Mehmonlar ham soʻzga chiqib, Kazandagi taʼlim jarayoni, milliy bayramlari, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish haqida maʼlumot berishdi.

Uchrashuv soʻngida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishuvga erishildi.

https://t.me/Uzpfiti_uz/1025